Maxfiylik siyosati
Kuchga kirgan sana: [Sana — to'ldirilmagan]
Bu sahifada Vazifador (vazifador.uz sayti, ustoz paneli, Telegram bot va Mini App) qanday shaxsiy ma'lumotlarni yig'ishi, ularni nimaga ishlatishi va qanday himoya qilishi yozilgan. Ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.
1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
Saytda ro'yxatdan o'tganda: ism va familiya, telefon raqami, parol (faqat shifrlangan holda saqlanadi), markaz nomi, shahar va o'quvchilar soni (ixtiyoriy), tanlangan til, raqamni tasdiqlagan Telegram akkauntining identifikatori.
Xizmatdan foydalanganda: ustoz yoki markaz kiritgan guruhlar, o'quvchilarning ismi va telefon raqami, vazifalar, javoblar, natijalar, ustoz izohlari, o'quvchining writing rasmlari va speaking uchun yuborgan ovozli javoblari.
Texnik ma'lumotlar: IP manzil, brauzer turi, so'rovlar vaqti. Ular xavfsizlik va suiiste'molning oldini olish uchun kerak.
2. Ma'lumotlar nimaga ishlatiladi
Akkaunt ochish va raqamni tasdiqlash, xizmatning o'zi (vazifa tayyorlash, yuborish, tekshirish, natijalarni ko'rsatish), qo'llab-quvvatlash, to'lovlarni hisobga olish, xavfsizlik va xizmatni yaxshilash uchun.
Ma'lumotlar reklama uchun uchinchi shaxslarga sotilmaydi.
3. Sun'iy intellekt (AI)
Savol tuzish, writing va speaking'ni baholash uchun Google Gemini modeli ishlatiladi. AI'ga o'quvchining ismi, telefon raqami va Telegram ma'lumotlari yuborilmaydi: faqat javob matni yoki audio, ichki raqam va statistika. Ustoz izohidagi ismlar yuborishdan oldin almashtiriladi.
4. Qancha saqlanadi
O'quvchining ovozli javoblari va writing rasmlari baholangandan 60 kun keyin avtomatik o'chiriladi. Ball, AI fikri va matn saqlanib qoladi.
Tasdiqlanmagan ro'yxatdan o'tish arizasidagi parol muddat tugashi bilan o'chiriladi, arizaning o'zi 180 kundan keyin o'chiriladi.
Akkaunt ma'lumotlari xizmatdan foydalanayotgan davringizda va qonunda belgilangan muddat davomida saqlanadi.
5. Qayerda saqlanadi
Fayllar S3-mos bulutli saqlash xizmatida turadi. Ma'lumotlar himoyalangan kanallar orqali uzatiladi, ularga kirish rollar bo'yicha cheklangan. Ma'lumotlarni O'zbekistondan tashqariga uzatish qonun talablariga muvofiq bo'ladi.
6. Ma'lumotni kim ko'radi
Ustoz faqat o'z o'quvchilarini, markaz faqat o'z ish maydonidagi ma'lumotlarni ko'radi. Ro'yxatlarda telefon raqamlari qisman yashiriladi. Platforma jamoasi ma'lumotlarga faqat qo'llab-quvvatlash va xavfsizlik uchun kiradi, har bir kirish jurnalga yoziladi.
8. Sizning huquqlaringiz
O'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni olish, tuzatish, o'chirishni talab qilish va rozilikni qaytarib olish huquqingiz bor. Buning uchun pastdagi kontaktlar orqali yozing.
9. O'zgarishlar
Siyosat yangilanishi mumkin. Yangi tahrir shu sahifada e'lon qilingan kundan kuchga kiradi.
Xizmat ko'rsatuvchi
- Yuridik nomi
- [Yuridik nomi — to'ldirilmagan]
- STIR (INN)
- [STIR (INN) — to'ldirilmagan]
- Yuridik manzili
- [Yuridik manzili — to'ldirilmagan]
- Telefon
- [Telefon — to'ldirilmagan]
- Telegram
- [Telegram — to'ldirilmagan]
- [E-mail — to'ldirilmagan]